Iqtisodiyot | 08:34 / 13.08.2015
3525
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston yangi sanoat tumanini tashkil qiladi

Turkmanistonning Ahal viloyati Ak Bulgay tumanida eksport hamda ayni paytda Turkmaniston import qilishga majbur bo‘layotgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan yangi sanoat hududining qurilishi ishlari boshlandi, deya xabar berdi «Vatan» radiosi.

Hukumat 260 gektar maydonni egallagan mazkur hududda 140 ta zavod qurishni mo‘ljallagan. Ular bo‘yoqlar uchun qutilardan tortib, bosma platalargacha bo‘lgan turli-tuman mahsulotlarni ishlab chiqaradi.

Sanoat hududi 10 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlarining ochilishiga turtki beradi. Uning qachon ish boshlashi esa ma'lum qilinmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish