Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Cirdaryoda lak ishlab chiqariladigan korxona ishga tushdi
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tadbirkor Murodjon Abdurahimov bankning 267 ming AQSh dollarlik sarmoyasi hisobiga lak-bo‘yoq va suv emulsiyasi ishlab chiqaradigan zamonaviy korxonani ishga tushirdi. Bu haqda "Telegraf.uz" nashri xabar bergan.
Ishlab chiqarilayotgan lak-bo‘yoq va suv emulsiyasining nikel idishlarga qadoqlanayotganligi mahsulotning uzoq vaqt sifatli saqlanishini ham ta'minlamoqda.
"Kelgusida faoliyatimizni kengaytirib, metallarga rang berishda qo‘llaniladigan bo‘yoqlarni tayyorlashni ham o‘zlashtiramiz. Bu esa korxonada yana 10ga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etish imkonini yaratadi", – deydi «Bahromjon nur savdo» xususiy korxonasi rahbari Murodjon Abdurahimov.