Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikkinchi chorakda Ukrainada YaIM 14.7 foizga tushib ketdi
Joriy yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra Ukraina yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14.7 foizga tushib ketdi. Bu haqda mamlakat statistika xizmati xabar qildi.
2015 yilning birinchi choragi bilan qiyoslaganda tushish 0.9 foizni tashkil qilgan.
Ukraina iqtisodiy taraqqiyot vazirligining taxminlariga ko‘ra, 2015 yil yakunlariga ko‘ra YaIM tushishi 8.9 foizga sekinlashishi kerak. Hozircha bu ko‘rsatkich 16.3 foizga teng.
Shuningdek, 2014 yil dekabriga nisbatan inflyatsiya darajasi yil so‘ngida 45.8 foizni tashkil qiladi.