Jahon | 09:19 / 14.08.2015
3275
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik bort kuzatuvchisi hazilomuz ko‘rsatmalari uchun olqishlarga sazovor bo‘ldi

Kanadaning WestJet Airlines aviatashuvchisi bort kuzatuvchisining xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bergan g‘aroyib ko‘rsatmalari qayd qilingan videolavha internetda shuhrat qozondi. The Daily Mail’ning yozishicha, ismi keltirilmagan styuardning kasbiga noodatiy yondashuvi barchani hayratga solgan.

Kanadadagi veterinariya klinikalaridan birining Facebook’dagi sahifasida e'lon qilingan videolavhada uning qutqaruv vositalari bilan kulguli xatti-harakatlarni amalga oshirayotganini ko‘rish mumkin. Masalan, havo niqobining ishlash prinsiplarini ko‘rsatayotgan chog‘da styuard uni teskari ushlab, qush tumshug‘iga o‘xshatadi. Instruktaj nihoyasida u yo‘lovchilarga tavoze bilan egiladi va olqishlarga sazovor bo‘ladi.
10 kun ichida Facebook’dagi video 30 ming layk oldi va 100 ming marta repost qilindi. Rolik 4 mln marta tomosha qilindi.

Shu yilning martida shunga o‘xshagan videolavha internetga joylashtirilgan edi. Unda styuardessa Uptown Funk musiqasi ostida yo‘lovchilarga raqs tushib bergan edi. Bugungi kunga qadar ushbu video 8.5 mln marta ko‘rildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish