Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kerri Kubadagi AQSh elchixonasida davlat bayrog‘ini yuqoriga ko‘taradi
AQSh davlat kotibi Jon Kerri 14 avgust kuni Gavanada AQSh elchixonasining ochilish marosimida ishtirok etadi va davlat bayrog‘ini yuqorilatadi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.
Biroz oldinroq, AQSh va Kuba diplomatik munosabatlarini tiklagani ma'lum bo‘lgandi.
Qayd etish joizki, Jon Kerrining Kubaga amalga oshiradigan tashrifi so‘nggi 70 yil ichida AQSh Davlat kotibining "Ozodlik oroli"ga ilk bor kelishi bo‘ladi.
U o‘z tashrifi davomida Kubaning amaldagi rahbari Raul Kastro hamda Kuba inqilobiy harakati ijodkori Fidel Kastro bilan uchrashishni rejalashtirgan.