O‘zbekiston | 15:38 / 14.08.2015
5085
1 daqiqa o‘qiladi

Qo‘rg‘ontepadagi “Muruvvat” internat-uyida “Oshga marhamat” tanlovi o‘tkazildi

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Muruvvat” internat-uyida karnay-surnaylar va bayramona shukuh ostida “Oshga marhamat” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov muassasa tarbiyachilari o‘rtasida o‘tkazilib, ishtirokchilar taom tayyorlash, darturxon bezatish, karving san'ati bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Har bir ishtirokchining dasturxoni o‘ziga xos salatlar, pishiriqlar va mevalar guldastasi bilan bezatildi. Hakamlar hay'ati tarkibida professional oshpazlarning ham  mavjudligi tanlovning naqadar jiddiy o‘tkazilganidan dalolat beradi. Tadbir so‘nggida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish