Jahon | 18:16 / 14.08.2015
3206
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yadroviy qurolsizlanish bo‘yicha AQSh bilan hozircha muloqot olib bormaydi

Rasmiy Moskva yadroviy qurolsizlanish sohasida AQSh bilan muzokaralarni davom ettirishga asos ko‘rmayapti. Bu haqda tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov bayonot berdi.

“O‘ylaymanki, biz AQShdagi prezidentlik saylovlari natijalarini emas, AQShning bu masalani strategik barqarorlikka ta'sir qiluvchi bir qator kompleks omillardan tashqarida ko‘rib chiqib bo‘lmasligini tushunishini kutamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

“Bunday sharoitlarda, ochig‘i, AQSh bilan yadroviy qurollanishni nazorat qilish va uni yanada qisqartirish sohasida muloqotni davom ettirishga asos ko‘rmayapman”, – so‘zida davom etdi diplomat.
Ryabkovning fikricha, bu masalani AQShning Yevropada aksilraketa mudofaa tizimining yaratishga bo‘lgani harakati, Rossiya chegarasiga yaqin hududlarda harbiy o‘quvlar o‘tkazilishi holatlarining ko‘payib borayotgani yanada murakkablashtirmoqda.
2015 yiln aprelida TIVning qurol-yarog‘ni tarqatmaslik masalalari departamenti direktori Mixail Ulyanov ham yadroviy qurolsizlanishni davom ettirishga Vashingtonning aksilraketa mudofaasi tizimini yaratish rejalari to‘sqinlik qilayotganini aytib o‘tgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish