Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada noqonuniy iqtisodiyot YaIMning 47 foizigacha o‘sib ketdi
Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi 2015 yilning 1-choragida noqonuniy iqtisodiyot o‘sishini YaIMning 47 foizi miqdorida qayd etdi, deb ma'lum qilmoqda UNIAN agentligi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, noqonuniy iqtisodiyotning darajasini baholashning 4ta usulidan 3tasi uning o‘sganini ko‘rsatdi.
“Aholi sarf-xarajatlari – chakana savdo aylanmasi” usuli bo‘yicha noqonuniy iqtisodiyot 5 foizlik punktga, 56 foizgacha, korxonalarning zarar ko‘rishi usuli bo‘yicha – 8 foizlik punktga, 50 foizgacha, elektr usuli bo‘yicha – 6 foizlik punktga, 38 foizgacha o‘sganini, monetar usul esa uning 1 foizlik punktga, ya'ni 35 foizgacha kamayganini ko‘rsatdi.