Jahon | 14:34 / 14.08.2015
1720
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda kimyoviy moddalar sektorida yalpi tekshiruv uyushtiriladi

Xitoy hukumati xavfli kimyoviy va portlovchi moddalar ishlab chiqarish, saqlash va yetkazish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalarda yalpi tekshiruv o‘tkazilishini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bu qaror 55 kishining hayotini olib ketgan kuchli portlash bilan bog‘liqdir.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:30da Ruihai Logistics kompaniyasining Binxayda joylashgan ikkita omborxonasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Omborxonada xavfli mahsulotlar saqlangani aytilmoqda. Portlash zarbining kuchliligidan u mahalliy seysmologiya xizmati tomonidan qayd qilindi. Portlash kuchi trotil ekvivalentida 3 va 21 tonnani tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish