Jahon | 10:07 / 15.08.2015
2514
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh tinchlikparvar kuchlarning MARdagi jinoyatlarini qoraladi

AQSh Davlat departamenti Markaziy Afrika Respublikasida tinchlikparvar kontinget vakillari tomonidan jinsiy zo‘ravonlikning amalga oshirilganidan qattiq noroziligini bildirdi.
“AQSh MARda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha BMT ko‘p istxisosli kompleks missiyasi tinchlikparvar kuchlari vakillari tomonidan ushbu mamlakatda sodir etilgan ishlardan taajjubda va qattiq noroziligini bildiradi”, – deyiladi departamentning rasmiy vakili Mark Toner o‘qib eshittirgan bayonotda.
Bundan tashqari, Toner BMT bosh kotibi Pan Gi Munning bu borada ko‘rgan chora-tadbirlari, xususan, Xavfsizlik Kengashining yopiq majlisini o‘tkazganini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bosh kotib bunday jinoyatlarni xalqaro tashkilot organizmidagi “saraton o‘simtasi” deb atadi. Chorshanba kuni u missiya rahbari Babakar Gayni iste'foga chiqardi, ammo jazo choralari senegallik general bilangina cheklanib qolmasligini ta'kidladi.
Janjal avgust oyining boshida boshlandi. O‘shanda huquq himoyachilari BMT harbiylari tomonidan poytaxt Bangida 12 yashar qizning zo‘rlanganini ma'lum qilgan edi. Birozdan so‘ng ular tomonidan Bangida o‘tkazilayotgan operatsiya chog‘ida 16 yoshli bola otasi bilan birga o‘ldirildi. Ushbu operatsiyada Kamerun va Ruanda kontingenti ishtirok etgan edi.
Bolalarga jinsiy zo‘ravonlik qilishda Fransiya kontingenti ham ayblanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish