Jahon | 10:04 / 15.08.2015
2466
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada 14 yildan buyon birinchi marta dizel yoqilg‘isining narxi benzinnikidan past bo‘ldi

Britaniya energiya bozorida avtomobil yoqilg‘isi turlarining narxlari kutilmagan tarzda o‘zgarib ketdi. 2001 yildan buyon birinchi marta dizel yoqilg‘isining narxi benzin narxidan pastroq darajada qayd qilindi. Bu haqda The Financial Times gazetasining sayti orqali xabar qilindi.
“14 yildan buyon birinchi marta Birlashgan Qirollik haydovchilari mashina baklarini dizel bilan to‘ldirganda benzin uchun to‘lanadiganidan kamroq pul to‘lamoqda”, – deyiladi maqolada.
1 l dizelning o‘rtacha narxi 1.12 funt sterlingni yoki 1.75 dollarni, benzinning narxi esa 1.15 funt sterlingni yoki 1.80 dollarni tashkil qilmoqda.
Shu bilan birga, dizelning ulgurji narxlari 0.85 funtga (1.33 dollar) tushdi. Benzinning ulgurji narxi – 0.88 funt sterling yoki 1.38 dollar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish