Jahon | 12:08 / 15.08.2015
1717
1 daqiqa o‘qiladi

Yevroguruh Gretsiyani qutqarish dasturini boshladi

Yevroguruh Gretsiyaga yordam berish bo‘yicha uchinchi dasturni tasdiqladi. Bu haqda Belgiya moliya vaziri Yoxan van Overteldga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Gretsiyaga kredit ajratish haqidagi hamkorlik memorandumi bir qator qo‘shimcha choralar ilova qilingan holda imzolandi.
Bu borada Yevroguruh rasmiy bayonot tarqatdi. Unda aytilishicha, yaqin 6 yil ichida Gretsiyaga 86 mlrd yevro ajratiladi. Birinchi transh 20 avgust kuni amalga oshirilishi mumkin. Yozda dasturga Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham qo‘shilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish