Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya bundesverning Turkiyadagi missiyasini yanvarda yakunlaydi
Germaniya hukumati yaqin oylarda bundesverning (harbiy kuchlar) Turkiya janubidagi missiyasini yakunlab, Suriya chegarasida joylashtirilgan zenit-raketa komplekslarini olib ketadi. Bu haqda GFR mudofaa vazirligi vakili bayonot berdi.
Bu haqdagi ma'lumot o‘tgan shanba Spiegel online nashrida chiqqan edi. Mudofaa vazirligi vakili ushbu axborotni tasdiqladi.
Germaniya harbiy xizmatchilarining missiyada ishtirok etishga mandati keyingi yilning yanvarida tugaydi. Kelishuvga ko‘ra, muddat tugagach, Germaniya Turkiyaga yana 400 askar yuborishi mumkin. Ammo hukumat mandatni uzaytirmaslikka qaror qildi. Bugun vazirlar mahkamasi bundestagni o‘z rejalaridan boxabar qilishi kutilmoqda.
Ayni paytda Turkiyada Germaniyaning 260 nafar harbiy xizmatchisi bor. Germaniya harbiylarining fikricha, Suriya tomondan Turkiyaga hujum uyushtirilish xavfi ayni paytda yo‘q, shu bois missiyani davom ettirishdan ma'ni qolmadi.