O‘zbekiston | 09:46 / 15.08.2015
8988
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi 7ta qonun qabul qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konventsiyani ratifikatsiya qilishga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rish choralarini amalga oshirish maqsadida 7ta qonun loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Bu haqda vazirlik binosida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda nogironlar jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi konsultativ uchrashuv vaqtida ma'lum qilindi.

Jumladan, Aholini ijtimoiy muhofaza qilish chora-tadbirlari monitoringi va tahlili boshqarmasi boshlig‘i Baxodir Sharapov vazirlik tomonidan “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi, “Nogironlarning ijtimoiy integratsiyasi to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy xizmat va shaxsiy yordamchilar to‘g‘risida”gi, “Nogironlar uchun ish o‘rinlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi, “Nogironlarning bepul yuridik xizmatdan foydalanish huquqi to‘g‘risida”gi, “Nogironlarning ta'lim olish huquqi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari ishlab chiqilishi rejalashtirilayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish