Sport | 19:18 / 15.08.2015
2001
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik taekvandochi Dmitriy Shokin Moskvadagi Gran-pri musobaqasining g‘olibi bo‘ldi

Moskvada 14 avgustda boshlangan Butunjahon taekvando federatsiyasining 2015 yilgi “Grand Prix” jahon seriyasi musobaqasining ilk kuni o‘zbekistonlik yakkakurash ustasi, amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin 80 kg dan yuqori vazn toifasidagi final uchrashuvida mezbon sportchi Vladislav Larin ustidan 9:4 hisobida ustun kelib, oltin medal sohibi bo‘ldi.

Moskva. “Grand Prix” jahon seriyasi. Erkaklar. 80 kg dan yuqori vazn toifasi.

1. Dmitriy Shokin (O‘zbekiston)

2. Vladislav Larin (Rossiya)

3. Jo Cholxo (Janubiy Koreya)

4. Cho Maxama (Buyuk Britaniya)

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish