O‘zbekiston | 14:18 / 16.08.2015
6196
1 daqiqa o‘qiladi

15 avgustdan Afrosiyob kuniga 3ta reysni amalga oshiradi

Yuqori tezkorlikka ega Afrosiyob poyezdi 15 avgustdan boshlab kuniga 3 marta yo‘lga chiqadi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning xabar berishicha, bunday qaror turistik mavsumning boshlanishi munosabati bilan qabul qilingan.

“15 avgustdan 764/763 raqamli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishli Afrosiyob poyezdi har kuni yuradi. Samarqanddan poyezd soat 10:40da yo‘lga chiqib, Toshkentga 12:57da yetib keladi, shuningdek, Toshkentdan 13:50da yo‘lga chiqib, Samarqandga 15:58da yetib boradi”, – deyiladi kompaniya xabarnomasida.

Ayni kunlarda O‘zbekistonda “Sharq taronalari” xalqaro festivaliga tayyorgarlik yakuniy bosqichida. Tadbir 25-30 avgust kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish