Jahon | 17:26 / 16.08.2015
2367
1 daqiqa o‘qiladi

Arab davlatlari ligasi 18 avgust kuni Liviyadagi vaziyatni muhokama qiladi

18 avgust kuni Arab davlatlari ligasi kengashi Liviyada yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi

IShID jangarilarining Liviyaning Sirt shahrida uyushtirgan qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida 2 kun ichida 169 kishi halok bo‘ldi. Buning natijasida mamlakat tashqi ishlar vazirligi Liganing favqulodda yig‘ilishini to‘plashga chaqirdi. Ushbu talabni qondirish maqsadida tashkilotga a'zo davlatlar vakillari 18 avgust kuni to‘planadigan bo‘ldi.

“Muzokaralar o‘tkazildi, ularning natijalariga ko‘ra yig‘ilishni seshanba kuni o‘tkazishga qaror qilindi. Liviya hukumatiga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qo‘yilgan embargoni bekor qilish masalasini muhokama qilish, mamlakatga terrorchilikka qarshi kurashda moliyaviy yordam ko‘rsatish rejalashtirilmoqda”, – dedi tashkilotning nomi keltirilmagan vakili agentlik muxbiri bilan muloqot chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish