Jahon | 17:36 / 16.08.2015
1818
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziya qidiruv agentligi samolyot halokati haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi

Indoneziya milliy qidiruv va qutqaruv agentligi (BASARNAS) Papua viloyatida bortida 54 kishi bo‘lgan samolyotning qulagani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ilgariroq Indoneziyaning Trigana Air Service aviakompaniyasiga tegishli ATR yo‘lovchi samolyoti Papua viloyatidagi tog‘larda halokatga uchragani xabar qilingan edi. Viloyat markazi Jayapuradan Oksibil shahri aeroportiga reysni amalga oshirayotgan samolyot bortida 49 yo‘lovchi va 5 kishilik ekipaj bo‘lgan. Aviakompaniya xodimining RIA Novosti muxbiriga xabar qilishicha, samolyot bortida bo‘lgan barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.

“Biz uning halokatini tasdiqlay olmaymiz. Biz faqatgina samolyot bilan aloqani yo‘qotganimizni ayta olamiz”, – ta'kidladi BASARNAS rahbari Bambang Soyelistio.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish