Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 08:50 / 16.08.2015
2017
1 daqiqa o‘qiladi
Serena Uilyams Torontodagi turnir finaliga chiqa olmadi
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi Serena Uilyams Toronto shahrida o‘tkazilayotgan yirik turnir finaliga chiqa olmadi. Yarim finalda u kutilmaganda shveysariyalik Belinda Benchichga yutqazib qo‘ydi. O‘yin 6:3, 5:7, 4:6 hisobi bilan yakunlandi.
O‘yin 2 soat 28 daqiqa davom etdi.
Finalda Benchich ruminiyalik Simona Xalep bilan kortga tushadi. Xalep, o‘z navbatida, yarim finalda italiyalik raqibasi Sara Erranini dog‘da qoldirdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish