Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:57 / 16.08.2015
2128
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada kurd jangarilari 3 nafar askarni o‘ldirib ketishdi
Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarining hujumlarida Turkiyaning 3 nafar askari va 1 nafar politsiyachisi halok bo‘ldi. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Hujumlar bir paytning o‘zida ikkita shaharda sodir etilgan.
Bingo‘l shahri yaqinida sodir etilgan portlashda 3 askar halok bo‘lib, 6 nafari jarohatlandi.
Bundan tashqari, Iroq chegarasidagi Semdinli shahrida joylashgan maxsus otryad politsiyachisi jangarilar tomonidan otib ketildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish