Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Italiya Rossiya ustidan kuzatuv parvozini amalga oshiradi
AQSh va Italiya vakillari ochiq osmon haqidagi xalqaro shartnoma doirasida 17-22 avgust kunlari Rossiya ustidan kuzatuv parvozini amalga oshiradi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Rossiya yadroviy tahdidni kamaytirish markazi rahbari Sergey Rijkovning so‘zlariga qaraganda, AQSh va Italiyaning qo‘shma missiyasi nazorat parvozini AQShning OS-135B kuzatuv samolyotida amalga oshiradi. Havo kemasi Novosibirskdagi Tolmachyovo aerodromidan uchib chiqadi.
OS-135B qurol-yarog‘ qo‘llashga mo‘ljallanmagan samolyotlar toifasiga kiradi. Samolyot va uning ichiga o‘rnatilgan jihozlar xalqaro ko‘rikdan o‘tkazilgan.