Jahon | 09:06 / 17.08.2015
2595
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada prezidentga qarshi namoyishlarda 866 ming kishi ishtirok etdi

Braziliyada prezident Dilma Rusef siyosatiga qarshi qaratilgan yirik norozilik namoyishlari mamlakatning yirik shaharlarida bo‘lib o‘tdi. France-Presse agentligining politsiya ma'lumotlariga tayanib xabar berishicha, aksiyalarda 866 ming kishi ishtirok etdi. Aktsiya faollarining ta'kidlashicha esa, ko‘chalarga kamida 2 mln kishi chiqqan.

Namoyishlar ishtirokchilari davlat rahbariga impichment e'lon qilinishini talab qilishdi. “Dilma, ket!”, – shiori turli shaharlarda, jumladan, poytaxt Braziliada, San-Paulu va Rio-de-Janeyroda birday jarangladi.

Bo‘lib o‘tgan namoyishlar yil boshidan buyon o‘tkazilgan uchinchi yirik aksiya bo‘ldi. Mart oyida prezidentga qarshi namoyishlarda 1 mln kishi, aprelda esa 600 ming kishi ishtirok etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish