Sport | 09:45 / 17.08.2015
7270
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadalik 12 yoshli suzuvchi qiz Ginness rekordlar kitobiga kirishi mumkin

Kanadalik yosh suzuvchi qiz Bruklin Dausrayt 4 soat ichida Nortamberlend bo‘g‘ozidan suzib o‘tdi. Bo‘g‘oz Shahzoda Eduard oroli viloyatini kontinental Kanada bilan birlashtirib turadi. Bu ish amalga oshirilgan paytda Dausrayt 12 yoshga to‘lgan va bu, mahalliy jurnalistlarning fikricha, yangi rekord sifatida Ginness kitobiga kiritilishi kerak.

Yosh sportchi Nyu-Braunsuik viloyati qirg‘oqlaridan boshlab, 15 km masofani suzib o‘tdi. Shu tariqa, rivervyulik qizaloq Nortamberlendni suzib o‘tgan eng yosh insonga aylandi. 2014 yili bu ishni 14 yoshli Kali Bryus amalga oshirgan edi.

“Buni amalga oshirganimdan xursandman. Bunday ishni 12 yoshimda qila olganim yanada zavqli”, – dedi qiz jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish