Sport | 20:03 / 17.08.2015
3139
1 daqiqa o‘qiladi

"NTV-Plyus" Italiya chempionati o‘yinlarini namoyish qilishda davom etadi

"NTV-Plyus" telekompaniyasi o‘zining sport kanallari orqali Italiya chempionatining yangi mavsumdagi o‘yinlarini ham namoyish etadi. Bu haqda "Gazprom-Media" xabar qilgan.

Biroz oldinroq, kompaniya Fransiya chempionatining 2015-2016 yilgi mavsumi o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqini sotib olgani ma'lum bo‘lgandi.

"NTV-Plyus"ning pullik kanallariga ulangan foydalanuvchilar Italiya chempionatining yangi mavsumidagi barcha o‘yinlarni kuzatishlari mumkin. Qiziqarli o‘yinlarning aksar qismi "Match TV" kanali orqali efirga uzatiladi", deb ma'lum qilingan xabarda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish