O‘zbekiston | 17:23 / 17.08.2015
2681
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda energiya samaradorligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi komissiya tuzildi

O‘zbekistonda energiya samaradorligi va muqobil energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi respublika komissiya tuzildi. Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 1 avgustdagi qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.
Komissiya davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining energiya samaradorligi, muqobil energiya manbalarini joriy qilish va rivojlantirish sohasidagi hamkorligini ta'minlaydi, deb ta'kidlanadi hujjatda.
Yangi struktura bevosita hukumatga hisobot topshiradi. U hududiy komissiyalardan iborat bo‘lib, bu bo‘linmalarga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari boshchilik qiladi.
Komissiyaning ishchi organi sifatida O‘zbekiston iqtisodiyot vazirligi ko‘rsatildi.
Komissiya oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri YaIMda energiya sarfini kamaytirishdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish