Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:22 / 17.08.2015
5882
1 daqiqa o‘qiladi
Poroshenko Putinning Qrimga tashrifini “tahdid” deb atadi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning Qrimga tashrif buyurishiga o‘z noroziligini bildirdi.
“Putinning Qrimga Ukraina hukumati bilan kelishmagan holda kelishi madaniyatli dunyo uchun tahdid bo‘lib, bu rossiyalik harbiylar Donbassda amalga oshirayotgan siyosatning davomidir”, – deb yozdi Poroshenko Facebook’dagi sahifasida.
Poroshenkoning fikricha, Qrim faqatgina Ukraina tarkibida kelajakka ega bo‘lishi mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish