Jahon | 10:20 / 17.08.2015
3470
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada chakana savdo tarmoqlari dollar kursi tufayli qiyinchiliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Iyul oyida Moskva fond birjasida dollar kursining 14 foizga mustahkamlanishi Rossiya chakana savdo bozoriga salbiy ta'sir o‘tkazmoqda. “Kommersant'” gazetasining yozishicha, mahsulot yetkazib beruvchilar chakana savdo tarmoqlaridan 2 hafta ichida narxlarni o‘zgaritirishni talab qilmoqda.
2014 yil oxirida tarmoqlar kontragentlarning bunday talablariga ko‘ngan edi. Hozir yetkazib beruvchilar riteylerlar bilan memorandum imzolab, shuning asosida 2 hafta ichida narxlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda. Odatda bunday masala 45 kun ichida ko‘rib chiqilar edi, ayrim tarmoqlarda esa bu muddat 120 kunni tashkil qilar edi.
Bu masala o‘tgan hafta oxirida tarmoqlararo ekspert kengashi majlisida muhokama qilingan edi. Dekabr oyida imzolangan memorandumning amal qilish muddati 31 mart kuni yakunlandi, shu bois yetkazib beruvchilar yana shu masalani ko‘tarishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish