Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining Yaman bilan chegarasidagi otishmada ikki saudiyalik harbiy halok bo‘ldi
Shia ayirmachilarining "Ansar Alloh" (xusiylar) harakati jangarilari Yaman hududidan turib qirollik chegara tumanini o‘qqa tutishi natijasida Saudiya Arabistonining ikki nafar quruqlik qo‘shinlari serjanti halok bo‘ldi, deya ma'lum qildi Yamanda harbiy amaliyot o‘tkazish bo‘yicha arab davlatlari koalitsiyasi qo‘mondonligi. Hodisa Jizan shahri sektorining janubiy chig‘ida sodir bo‘ldi.
Yamanda bir tomonda amaldagi prezident Abd Rabbu Mansur Xadiga bo‘ysunuvchi mamlakat armiyasi, ikkinchi tomonda esa sobiq prezident Ali Abdulla Solih tarafdorlari bo‘lgan shialarning “Ansar Alloh” harakati o‘rtasida yuzaga kelgan qurolli mojaro hamon davom etmoqda. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari koalitsiyasi esa 26 martdan buyon xusitlar qo‘l ostidagi Yaman hududlariga aviazarbalar berib kelmoqda. Bunga javob tariqasida jangarilar muntazam ravishda qirollikning Yaman bilan chegaradosh tumanlarini o‘qqa tutib kelmoqda.