Jahon | 08:06 / 17.08.2015
2300
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp sud majlisida ishtirok etish uchun saylovoldi kampaniyasini to‘xtatib turadi

AQSh prezidentligiga Respublikachilardan nomzodini ko‘rsatayotgan milliarder Donald Tramp saylovoldi kampaniyasini bir kunga to‘xtatib turishga majbur bo‘ladi. New York Post nashrining ma'lum qilishicha, u sud maslahatchilari hay'ati saylovlarida ishtirok etadi.

17 avgust kuni Tramp Nyu-York Oliy sudiga kelib, o‘z zimmasiga yuklangan vazifani bajarishi kerak. Nomzodning rasmiy vakillari ma'lum qilganidek, Tramp sud majlisida maslahatchi sifatida ishtirok etishni sabrsizlik bilan kutmoqda.

O‘tgan yili Tramp ushbu jarayonda ishtirok etmaganligi bois 250 dollar jarima to‘lagan edi. Milliarder siyosatchining ta'kidlashicha, bunga sudning xatosi sabab bo‘lgan – u Nyu-Yorkdagi Tramp egalik qiladigan, lekin yashamaydigan uyga axborot xatini yuborgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish