Jahon | 15:12 / 17.08.2015
2212
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Yevropadan gaz olishni ko‘paytirmoqda

Ukraina Slovakiya tomonidan gaz import qilish hajmini oshirmoqda, deya xabar berdi «Interfaks».

Qayd etilishicha, 15-16 avgust kunlari kunlik so‘rov miqdori 12-14 avgustdagi 33,795 mln kub. m/sutkadan 36,467 mln kub metrga qadar oshirilgan.

Slovakiyaning Eustream kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 1-15 avgust kunlari Slovakiyadan yetkazib berilgan gazning umumiy miqdori 439,185 mln kub metr bo‘lib, sutkalik me'yor 29,279 mln kub metrga teng edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish