Jahon | 09:32 / 17.08.2015
2360
1 daqiqa o‘qiladi

Vladivostokda baliq ovlovchi kema cho‘kib ketdi

Uzoq Sharq tergov boshqarmasi Vladivostok qirg‘og‘i yaqinida ODYSSEY baliq ovlovchi kemasining cho‘kib ketishini o‘rganmoqda. Bu haqdagi xabarnoma boshqarmaning rasmiy saytida e'lon qilindi.

“Shanba kuni ertalab Vladivostok shahri yaqinida ODYSSEY baliq ovlovchi kemasi cho‘kib ketdi. Hech kim jabr ko‘rmadi”, – deyiladi xabarnomada.

Taxmin qilinishicha, voqea suv transporti ekspluatatsiyasi qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish