Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston prezidentining rafiqasi shifoxonada vafot etdi
Bugun, 18 avgust kuni Hindiston prezidentining rafiqasi Suvra Mukxerji vafot etdi, deyiladi prezident kotibiyatining rasmiy xabarida.
“Chuqur qayg‘u bilan xabar qilamizki, Suvra Mukxerji bugun ertalab (2015 yil 18 avgust) hayotdan ko‘z yumdi. U bu dunyoni 10:51 (mahalliy vaqt)da tark etdi”, deyiladi xabarda.
Times of India nashrining yozishicha, Hindistonning birinchi xonimi anchadan buyon bemor edi. Juma (14 avgust) kuni u nafas olishdagi qiyinchilik tufayli shifoxonaning intensiv davolash palatasiga yotqizilgan. Mukxerji, shuningdek, yurak xastaligidan ham aziyat chekardi.
Suvra Mukxerji 1940 yilning 17 sentabrida Jyessor (hozirgi Bangladesh hududida) dunyoga kelgan va amaldagi Hindiston prezidenti Pranaba Mukxerji bilan nikoh to‘yi 1957 yilning 13 iyulida bo‘lib o‘tgan.