Jahon | 14:59 / 18.08.2015
2890
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada halokatga uchragan samolyotning “qora quti”si topildi

Indoneziya sharqida halokatga uchragan Trigana Air Service aviakompaniyasiga tegishli ATR 42-300 yo‘lovchi samolyotining “qora quti”si hodisa ro‘y bergan hududda topildi, deya xabar berdi Reuters mahalliy hokimiyat ma'lumotiga asoslangan holda.

“Mahalliy vaqt bilan taxminan 1:40da Trigana Air samolyotining “qora quti”si topildi”, – dedi transport vazirligi vakili.

Bundan avvalroq esa qutqaruvchilar hodisa joyida halok bo‘lgan 54 nafar yo‘lovchi va ekipaj a'zolarining jasadi aniqlangani xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish