Jahon | 10:23 / 18.08.2015
4158
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada halokatga uchragan samolyotning barcha yo‘lovchilari jasadi topildi

Qutqaruvchilar Indoneziyada Trigana aviakompaniyasiga tegishli ATR 42-300 samolyoti halokatga uchragan joyda barcha 54 yo‘lovchining jasadini aniqladi, deya xabar bermoqda Reuters.

“Aytishim mumkinki, samolyotning hamma yo‘lovchilari va ekipaj a'zolari topildi. Ularning barchasi hayotdan ko‘z yumgan”, deya e'lon qildi milliy qidiruv va qutqaruv agentligi rahbari Bambanga Soelisti.

Ayni paytda halok bo‘lganlar jasadini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish