O‘zbekiston | 10:04 / 18.08.2015
6108
1 daqiqa o‘qiladi

Maktab formasi ijtimoiy tengsizlikning oldini oladi

O‘zbekiston xalq ta'limi vazirligi mutasaddilarining fikricha, maktablarda yagona dress-kodning joriy qilinishi o‘quvchilar orasida ijtimoiy tengsizlik namoyon bo‘lishining oldini oladi.

“Maktab libosi o‘quvchilarni tartibga chaqiradi, ular bu yerga o‘qishga kelganlarini tushunishadi”, – dedi vazirlik boshqarma rahbari Hikmatilla Daminov “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida.

“Agar birorta o‘quvchi qimmatroq kiyinsa, uning o‘qishdagi natijalaridan qat'iy nazar yetakchi deb qabul qilishlari mumkin. Aslida esa sinfda yaxshi o‘qiydiganlar yetakchi bo‘lishi kerak”, – dedi o‘qituvchi Bibinor Sobirova.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish