Jamiyat | 13:03 / 18.08.2015
3061
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 2 mlrd rubl miqdoridagi sanktsion pishloq “yetkazib beruvchisi” hisbga olindi

Moskvada politsiya xodimlari Rossiyaga olib kirish taqiqlangan pishloq kontrabandasi bilan shug‘ullangan uyushgan guruh a'zolarini qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya IIV xabarida aytib o‘tildi.

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyatni tashkil etishda gumon qilinib olib borilgan tergov harakatlari chog‘ida uyushgan jinoiy guruhning 29dan 58 yoshgacha bo‘lgan ikki tashkilotchisi hamda 4 nafar faol a'zosi qo‘lga olingan.

Politsiya xodimlari taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, gumondor shaxslar Rossiya hududiga umumiy qiymati 2 mlrd rublni tashkil etuvchi pishloq mahsulotlarini olib kirib, tarqatgan.

“Qonunbuzarlarga tegishli bo‘lgan 17ta turar joy, omborxona va idora binolarida tintuv olib borildi. Natijada 470 tonna shirdonli mahsulotlar, soxta yorliqlarni tayyorlovchi qurilmalar, shuningdek, noqonuniy faoliyat olib borilganini tasdiqlovchi hujjatlar olib qo‘yildi”,deya aniqlik kiritgan IIV.

Soxta hujjatlarga ega mahsulotlar Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa bir qator viloyatlar supermarketlariga tarqatilgan.

Sodir etilgan ish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish