Jamiyat | 15:13 / 18.08.2015
16025
1 daqiqa o‘qiladi
Noma'lum qoidabuzarlar yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimini kaltaklashdi
O‘zbekistonda avtomobil yo‘lovchilari tomonidan o‘zlarini to‘xtatgan yo‘l harakati xavfsizligi xodimining kaltaklanishi hodisasi yana bir bor sodir bo‘ldi.
Voqea joyida tasvirga olingan video internet tarmog‘iga joylashtirilgan.
Unda aks etishicha, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimi Damas rusumli avto ulov haydovchisini qaysidir qoidani buzgani uchun to‘xtatadi. Bunga javob tariqasida bir qancha avtomobil egalari yosh qonun himoyachisini qurshab olib, kaltaklay boshlaydi. Voqea joyi va vaqti ma'lum qilinmagan. Videoda ko‘ringan avtomobil raqamlari orqali bu hodisa Qashqadaryo viloyati hududida sodir bo‘lganini taxmin qilish mumkin.