Sport | 10:33 / 18.08.2015
1769
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston boks terma jamoasi WSB turnirida qatnashadi

Boksning yangi yo‘nalishi WSBning yangi oltinchi mavsumiga qur'a tashlandi. Venesuelaning Vargas shahrida bo‘lib o‘tgan marosimda 16ta jamoa 4ta guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishishi ma'lum qildi. O‘zbekiston boks terma jamoasi ham ilk bor ushbu musobaqada ishtirok etadi. Bu haqda olamsport.com xabar bergan.

Qur'a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi “D” guruhida musobaqaning amaldagi g‘olibi Qozog‘istonning “Astana bo‘rilari”, Ozarbayjonning “Boku olovlari” hamda “Puerto-Riko to‘foni” jamoalari bilan to‘qnash keladi.

Yangi mavsum 26 yanvar kuni start oladi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa chorak finalga yo‘l oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish