Jahon | 19:02 / 18.08.2015
20191
3 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonlik millioner o‘g‘lining avtomobil kolleksiyasi Parijni junbishga keltirdi

Qozog‘istonlik millioner Talgat Boytaziyevning o‘g‘li Mixail Boytaziyevning superkarlardan tashkil topgan korteji butun Parijda shov-shuv bo‘ldi, deb ma'lum qilindi Carskz avtojamiyatining “VKontakte” ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Parijdagi Four Seasons Hotel George V Paris mehmonxonasi yonida ko‘rininish bergan kichik Boytaziyevga tegishli bo‘lgan bu kortejga Mansory Madness (Mansory telbaligi) deb nom berishga ham ulgurildi.

Xabarda aytilishicha, kortejga bunday nom bejizga berilmagan, chunki sayyoramizdagi eng serhasham superkarlardan iborat sariq rangdagi kortejni har doim ko‘ravermaysan.

Carskz Boytaziyevga tegishli avtomobillarning nomlari va narxlarini keltirib o‘tdi.

«Gronos G63 AMG 6×6 – dunyoda yagona shunday avtomobil hisoblanadi. Bundan undagi tegishli axborot yozilgan belgi darak bermoqda. Tyuning-ateleda u quvvati 840 ot kuchiga ega sariq vezdexodga aylantirilgan. 100 km tezlikka 6,1 soniyada erishadi. Narxi 1 mln yevro atrofida turadi.

Ferrari F12 Berlinetta Mansory Stallone. Bu Ferrari 775 ot kuchiga ega. Maksimal tezligi – 350 km/soat. 0 do 100 km/soatga 3 soniyada erishadi. Narxi – 600 ming yevro.

Mercedes S63 AMG Mansory ham “hashaki” mashina emas. Quvvati 800 yoki 1000 ot kuchiga teng (forsirovka darajasiga bog‘liq, bundan faqat buyurtmachi xabardor). 100 km tezlikka 3,6 yoki 3,2 soniyada erishadi, maksimal tezligi 300 km/soatni tashkil qiladi. Narxi 500 ming yevro atrofida”

Bu mashinalardan ilhomlangan AlexsMolik taxallusli internet foydalanuvchi Boytaziyevga tegishli superkarlar tasvirlangan videoni “Parijda G63 AMG 6×6’ni parkovka qilish” degan izoh bilan internetga joylashtirdi.

 

“Bu shunaqa katta mahluqki, ko‘chalarga zo‘rg‘a sig‘adi. Ko‘rinishicha, unda o‘tirib, o‘zingni hamma narsaga egadek his qilsang kerak”, deb qo‘shimcha qilib qo‘ydi foydalanuvchi.