Jahon | 14:41 / 18.08.2015
2727
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya FVV samolyoti Suriyadan 59 kishini Moskvaga olib keldi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli samolyot 18 avgust kuni Rossiya va MDH davlatlari fuqarolari bo‘lgan 59 kishini Suriyadan Moskvaga olib keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmatiga asoslanib, RIA Novosti nashri xabar bergan.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, bu samolyot Suriyaning Latakiya shahridan parvoz qilgan. Samolyotda suriyaliklar ham uchgani aytilgan.

Samolyotda uchgan 59 yo‘lovchi orasida rossiyalik va suriyaliklardan tashqari, Ukraina, Belarus va Qozog‘iston fuqarolari ham bo‘lgani ma'lum qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish