O‘zbekiston | 14:11 / 18.08.2015
4757
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik fizik: ta'lim va fan vazirligi O‘zbekistonda radioteleskop qurishga to‘sqinlik qilmoqda

O‘zbekiston hududida rossiyalik mutaxassislar tomonidan radioteleskop qurilishi ishini Rossiya ta'lim va fan vazirligi orqaga surmoqda. Bu haqda Rossiya Fanlar Akademiyasi fizika instituti astrokosmik markazi direktori Nikolay Kardashyov ma'lumot berdi.

“O‘zbekistonga Vladimir Putin bordi, radioteleskopni qurib bitirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, ammo keyin biz amaldorlar bilan uchrashganimizda ular ishni boshqa idoraga o‘tkazib yuborishga harakat qilayotganiga guvoh bo‘ldik. Ta'lim va fan vazirligi ham salbiy rol o‘ynamoqda.

Aynan u tufayli teleskopni qurib bitirish haqida imzolangan shartnoma moliyalashtirilmayapti. Ilgari ular observatoriya yo‘riqnomasining yo‘qligini pesh qilishgan edi, yo‘riqnoma tayyor bo‘lganiga besh yil bo‘ldi, lekin vaziyat o‘zgarmadi”, – dedi u Gazeta.ru saytiga bergan intervyusida.

“Suffa” antennasining qurilishi to‘xtatilganiga qaramay, ayni paytda u yer atmosfera shaffofligi o‘lchovlari amalga oshirib borilmoqda.
“Ushbu antenna yordamida xavfli asteroidlar qidiruvlari olib boriladi”, – ma'lum qildi mutaxassis.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish