Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Qora dengiz tubidan aloqaga chiqdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin batiskafda (kichik o‘lchamdagi suv osti kemasida) Qora dengiz tubiga sho‘ng‘idi. Sho‘ng‘ish vaqtida Putin 1845 yil 18 avgustda tashkil topgan Rus geografik jamiyatining 170 yillik yubiley sanasi bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti axborot agentligi.
“Biz bu sanani Qrim sohilbo‘yida nishonlayotganimiz va avlodlarimiz, avvalgi asrlardan bizga meros bo‘lib qolgan qadimiylikni o‘rganish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishdan zavq olish imkoniyatiga ega bo‘layotganimiz albatta tasodifiy ravishda bir-biriga to‘g‘ri keldi”, deb aytdi Putin sho‘ng‘ish vaqtida va Rus geografik jamiyati tadqiqotlarining muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
Putin tadbirdan keyin bergan matbuot-anjumanida odamlarda tarixga qiziqish uyg‘otish maqsadida sho‘ng‘ishda ishtirok etganini aytib o‘tdi.