O‘zbekiston | 10:31 / 18.08.2015
5123
2 daqiqa o‘qiladi

Yolg‘iz nafaqaxo‘rlar va nogironlar mahsulot bilan ta'minlanadi

2015 yilning 1 sentabridan boshlab yordamga muhtoj yolg‘iz nafaqaxo‘rlar va nogironlar har oyda oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena vositalari bilan ta'minlab boriladi.
O‘zbekiston hukumati “Manzilli ijtimoiy ko‘makni hamda keksalar va nogironlarni qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘rsatilgan aholi guruhiga har oy ajratiladigan mahsulotlar ro‘yxati ilova qilindi.

Ro‘yxatga 15 turdagi mahsulot va tovarlar kiritildi. Xususan, nafaqaxo‘rlar 3 kg oliy navli un, 1 kg guruch, 500 gr dan grechka va makaron, 1 kg dan mol va parranda go‘shti, 200 gr sariyog‘, 15 dona tuxum, 1 kg shakar, 1 l kungaboqar yog‘i, 100 gr iroqi sovun, 200 gr kir sovun, 150 gr kir yuvish kukuni oladi.

Nafaqaxo‘rlar ushbu to‘plamning umumiy narxi doirasida mahsulotlarning boshqa turi yoki boshqacha miqdorini tanlashi ham mumkin bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish