Jahon | 17:10 / 19.08.2015
3153
1 daqiqa o‘qiladi

130 mln yil muqaddam o‘sgan gul qoldiqlari topildi

Olimlar Ispaniyadagi zamonaviy Piriney tog‘ tizmasi hududida bundan 130 mln yil muqaddam o‘sgan gulning toshga aylangan qoldiqlarini topishdi. Izlanishlar natijasi PNAS ilmiy jurnalida e'lon qilindi.

Ushbu gul Montsechia Vidalii turiga mansub bo‘lib, uning mavjudligi tadqiqotchilarga yarim asr muqaddam ma'lum bo‘lgan edi. Biroq tosh qotgan namunani sinchiklab o‘rganish natijasida uning yoshi 130 mln yilga teng ekani endigina ma'lum bo‘ldi. Shuningdek, o‘simlikning aynan gul ekanini bilish ham oson kechmadi. Chunki unda gullarga oid yaqqol alomatlar – gulbarg va nektar ishlab chiqaruvchi a'zolar mavjud emas.

Tadqiqot mualliflarining tasdiqlashicha, ushbu gul zamonaviy ingichka shoxchali ko‘p yillik suv o‘tlarini eslatadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish