Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov kompaniyasining daromadi birinchi yarimyillikda 6 foizga kamaydi
Alisher Usmonovga tegishli "Metalloinvest" kompaniyasining 2015 yil birinchi yarimyillikdagi sof daromadi xalqaro moliyaviy hisobdorlik standartlariga ko‘ra 5,8 foizga, 2014 yilning shu davriga nisbatan solishtirganda, 517 mln dollarga kamaygan.
Moliyaviy ko‘rsatkichlarning pasayishiga temir rudasi o‘rtacha narxining qariyb ikki barobarga kamayib, tonnasiga 60 dollarga yetgani asosiy sabab sifatida keltirilmoqda.
“Dunyo temir rudasi bozoridagi vaziyat, milliy valyuta narxning tebranib turganiga qaramasdan, kompaniya 2015 yilning birinchi yarimyilligida asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha barqarorligini namoyon eta oldi”, – dedi "Metalloinvest" kompaniyasi moliyaviy direktori Pavel Mitrofanov.
Kompaniyaning 2015 yil yanvar-iyun oylaridagi davromadi 31 foiz yoki 2,438 mlrd dollargacha kamaygan. Xususan, Rossiyadagi daromad 31,5 foiz (970 mln dollargacha), Yevropada 26 foiz (596 mln dollargacha), Osiyo, shu jumladan, Xitoyda 2,3 barobar (147 mln dollargacha), Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada 17 foiz (431 mln dollargacha) kamaygan.