Aston Martin serhasham sedani million yevroga baholandi
Aston Martin kompaniyasining esklyuziv sedani Lagonda Taraf’ning dastlabki narxi Buyuk Britaniyada 696 ming funt sterlingni (980 ming yevroni) tashkil qiladi. Autocar nashrining xabar berishicha, ushbu narx kompaniyaning Buyuk Britaniyadagi H.R.Owen dilerlik markazi saytida paydo bo‘lgan, biroq keyin olib tashlangan.
Yangi avtomobilning narxi uzaytirilgan g‘ildiraklar bazasiga ega Rolls-Royce Phantom’dan ikki barobarga (373,8 ming funt sterling) va Bentley Mulsanne’dan (229,3 ming funt sterling) uch barobar ko‘proqni tashkil qildi.
Dastlab kompaniya avtomobilni Yaqin Sharq davlatlarida sotishni rejalashtirgan. Keyin kompaniya ushbu modelni Buyuk Britaniya, Yevropaning ba'zi davlatlari, Singapur va Janubiy Afrikada xarid qilish mumkinligini e'lon qildi. Lagonda Taraf Rossiyada ham sotuvga chiqarilishi mumkin.
“Lagonda” kompaniyaning VH platformasida quriladi, karbon kuzov va 5,9 litrli 12 silindrli 565 ot kuchiga ega dvigatel bilan ta'minlanadi. Sedan 100 km tezlikka 5 soniyada erisha oladi va maksimal tezligi soatiga 320 km ni tashkil qiladi.
Har bir avtomobil qo‘lda yig‘iladi. Britan kompaniyasi bu avtomobildan 200 dona chiqarishni rejalashtirilgan.