Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Intel flash’dan ming marta tezroq ishlaydigan xotira yaratadi
Intel korporatsiyasi Optane brendi ostida yangi xotira turini ishlab chiqaradi. Bu haqda San-Frantsiskoda o‘tgan IDF 2015 konferensiyasida ma'lum qilindi.
Korporatsiya bosh direktori Brayan Krjanichning so‘zlariga qaraganda, yangi ishlanma ma'lumotlarni flash-xotiradan (NAND) ming karra tezroq qayta ishlashga qodir. Bu jihatdan u operativ xotira modullariga yaqinlashadi.
Texnologiya Micron kompaniyasi bilan hamkorlikda 3D Xpoint xotirasida asosida yaratildi. Ushbu xotira NAND va DRAM o‘rtasidagi texnologiya hisoblanadi.
Konferentsiya chog‘idagi namoyishda prototip eng tezkor SSD-jamlagich – Intel P3700dan 7 barobar tezroq ishlashini ko‘rsatdi.
Yangi texnologiya turli sohalarda, jumladan, videoo‘yinlarda ishlatiladi. Endilikda o‘yinlardagi videosahnalar yuklanishini kutishga hojat qolmaydi, ular darhol ko‘rsatiladi.