Texnologiya | 18:36 / 19.08.2015
5204
1 daqiqa o‘qiladi

Lamborghini Ferrari LaFerrari’ga raqib bo‘ladigan mashina chiqarmoqchi

Keyingi yilning bahorida Lamborghini kompaniyasi Jyeneva avtosalonida yangi superkar taqdimotini o‘tkazmoqchi. Road and Track nashrining ma'lum qilishicha, model gibridli kuch qurilmasiga ega bo‘ladi hamda Ferrari LaFerrari, Porsche 918 Spyder va McLaren P1 mashinalariga raqobatchi bo‘ladi.

Yangi mashinaning potensial mijozlariga uning gologrammalari ko‘rsatildi. Ta'kidlanishicha, superkar 20 nusxada chiqadi, har bir mashinaning narxi 1.2 mln dollarni tashkil qiladi.

Kompaniyaning birinchi gibridli mashinasi 2014 yil kuzida Parij avtosalonida taqdim etilgan Asterion bo‘lgan edi. Uning agregatlari umumiy hisobda 910 ot kuchini berishga qodir edi.

Lamborghini’ning oxirgi yangiligi hozircha Aventador Superveloce bo‘lib turibdi. Modelning massasi 1 575 kg ni tashkil qiladi. Rodsterning 6.5 l li V12 dvigateli 750 ot kuchiga ega. Superkar 2.9 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi, uning maksimal tezligi esa 350 km/soatni tashkil qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish