Sport | 16:20 / 19.08.2015
2829
2 daqiqa o‘qiladi

Marca: Pedro "Chelsi"ga o‘tadi

Marca nashrining yozishicha, "Chelsi" jamoasi "Barselona" futbolchisi Pedro Rodriges uchun kurashda "Manchester Yunayted"ni ortda qoldirib, o‘z maqsadiga erishdi.

Londonliklar futbolchi uchun "qizil iblislar"dan ko‘ra yaxshiroq taklif bilan chiqishgani aytilgan.

Xabar qilinishicha, "Chelsi" futbolchi uchun 25 mln yevro va qo‘shimcha 5 mln miqdoridagi bonus beradi. Aniqlik kiritilishicha, bu mablag‘larning 28 mln yevrolik qismi darhol to‘lanadi. Futbolchi o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olishi evaziga yana 2 mln yevro beriladi.

Qayd etilishicha, "Chelsi" xo‘jayini Pedro Rodrigesning muxlisi hisoblanadi.

beIN Sports nashri jurnalisti Ibragima Xadri o‘z tvitterida tomonlar yaqin vaqt ichida muzokaralarni tugatishini yozgan.

Futbolchi bugun Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Biroz oldinroq, bu futbolchi uchun «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalaridan qiziqish bo‘layotgani, "MYu" vakili Ed Vudvord muzokaralarni yakunlash uchun "Barselona"ga uchgani haqida xabar berilgandi.

"Manchester Siti" tomonidan Pedro uchun 32 mln yevro taklif qilingani haqidagi xabar esa tasdiqlanmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish