Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 16:34 / 19.08.2015
2806
1 daqiqa o‘qiladi
Pike to‘rtta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi
Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Jyerar Pike to‘rtta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatdi.
28 yoshli futbolchiga nisbatan Ispaniya superkubogi doirasidagi «Atletik»ka qarshi uchrashuv paytida qanot hakamini haqorat qilgani uchun shunday jazo tayinlangan.
Natijada, Pike kataloniyaliklarning Ispaniya chempionati doirasidagi «Atletik», «Malaga», «Atletiko» va «Levante»ga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.